Model joylash

Modellar Me'morHub'ga Revit ichidan, Me'morTools plagini orqali joylanadi. Akkaunt bepul.

Qanday joylanadi

  1. Me'morTools'ni o'rnating

    Plaginni yuklab oling va o'rnating. Me'morHub bepul: sinov muddati tugagandan keyin ham ishlaydi, litsenziya shart emas.

  2. Akkauntga kiring

    Plagin ichida Me'morBIM akkauntingizga kiring: Telegram, Google yoki email. Saytdagi akkaunt bilan bir xil.

  3. Revit'da «Studiya»ni oching

    Lentadagi Me'morHub guruhida. Semeystvani tanlang, materiallarini sozlang, keyin «Joylash ▾ → Saytga joylash». Bir nechta modelni navbatga qo'shib, birga yuborish mumkin.

  4. Ma'lumotni to'ldiring

    Nom (o'zbekcha yoki ruscha), toifa, tavsif, muqova va rasmlar, xohlasangiz rang variantlari. Tiplar, parametrlar va sifat tekshiruvini plagin o'zi bajaradi.

  5. Tekshiruvga yuboring

    Moderator modelni ko'rib chiqadi. Tasdiqlangach model katalogda chiqadi, sizga bildirishnoma keladi.